Fan-texnika | 19:59 / 15.01.2017
6233
1 daqiqa o‘qiladi

Portlab ketuvchi Galaxy Note 7 smartfonlarining 96 foizi qaytarib olindi

Samsung Electronics kompaniyasi portlab ketishi mumkin bo‘lgan Galaxy Note 7 smartfonlarini qaytarib olishni yakunlab qoldi. Shu sababli aeroportlar yo‘lovchilarni bu smartfonni samolyotda ishlatish taqiqlanganidan ogohlantirmay qo‘ydilar, deb xabar bermoqda Ars Technica nashri.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda foydalanuvchilar tomonidan bu telefonlarning 96 foizi qaytarilgan. Qolgan 4 foiz qurilmani yaqin haftalarda qaytarib olish rejalashtirilgan.  

Galaxy Note 7 smartfonlari 2016 yil 19 avgustdan sotuvga chiqqan. Sentyabr boshida Samsung barcha sotilgan Galaxy Note 7 smartfonlari qaytarilib olinishini e'lon qilgan, yana bir oydan keyin esa bu smartfonlarni ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma'lum qilgan. Kompaniya Galaxy Note 7’ning qaytarib olinishidan ko‘rilgan zararni 5 mlrd dollardan ko‘proqqa baholamoqda.  

2017 yil yanvari oxirigacha kompaniya smartfonning portlab ketishi sabablari bo‘yicha tergov ma'lumotlarini taqdim qilmoqchi.  

Mavzuga oid