Sport | 10:52 / 15.01.2017
8749
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Endi Kerroll haftaning eng chiroyli golini urdi

«Vest Hem» APLning 21-turi doirasida «Kristal Pelas»ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. U bu uchrashuvda uikendning eng chiroyli goliga mualliflik qildi. Hujumchi 79-daqiqada Mikael Antonio uzatgan to‘pni qaychi uslubida darvoza to‘riga joyladi.

Futbolchi uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan gaplashgan.

«Men bugun gol urish uchun maydonga chiqqandim. Maykl Antonio meni o‘z vaqtida ko‘rdi va to‘pni uzatdi. Bu haftada mashg‘ulotlar vaqtida shunday zarbani ijro etishni mashq qildim va ko‘p marta to‘pni ustunga tekkizdim. Men o‘yinda ham bu ishni takrorlashga qaror qildim va birinchi imkoniyatdanoq gol bo‘ldi. Juda baxtiyor edim. Men bir necha yildan buyon shunday gol urishni orzu qilardim. Bu faoliyatimdagi eng quvonchli lahzalardan biri», — deya futbolchining so‘zlarini keltirgan BBC.

2011 yilda Kerroll «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 41 mln yevro evaziga transfer qilingach, ingliz futbolchilari orasidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylangandi.

«Enfild»da Endi kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi va 2013 yilda «Vest Hem»ga 17,5 mln yevro evaziga o‘tdi.

Kerroll bu mavsumda 13 uchrashuvda maydonga tushgan va 3 gol urgan.

Mavzuga oid