Jahon | 08:27 / 17.01.2017
14503
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya sobiq bosh vaziri: Tramp Yevropaga urush e'lon qilmoqda

Foto: bfmtv

Fransiya sobiq bosh vaziri va mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod Manuel Vals AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp o‘zining populistik gaplari bilan Yevropaga urush e'lon qilmoqda, deb aytdi. Bu haqda BFMTV nashri xabar bermoqda

"Ko‘pchilik Donald Tramp saylangandan keyin tinchiydi deb o‘ylagandi. Biroq ular populist o‘z dasturini amalga oshirishni istab qolishini esdan chiqarib qo‘yganlar. Bu ig‘vo, bu Yevropaga urush e'lon qilish", deb aytdi Vals.

Uning aytishicha, Tramp o‘z gaplari bilan Yevropaning savdo, migratsiya va mudofaa sohalarida yemirilishini istamoqda.

Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland Tramp tanqidiga "Yevropaga tashqaridan maslahatlar kerakmas" deb javob bergandi.

Mavzuga oid