Ukraina Rossiya ustidan Xalqaro sudga shikoyat qildi
Ukraina Rossiyaga qarshi BMTning Gaagadagi Xalqaro sudiga da'vo arizasi berdi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri matbuot xizmati ma'lum qildi. Tegishli buyruqni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bergan.
Ta'kidlanishicha, shikoyat "Rossiyani Ukrainaga noqonuniy tajovuz vaqtida terrorchilik va tahqirlash harakatlarini amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortish maqsadida" berilgan.
Hujjatda aytilishicha, Moskva terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash va irqiy tahqirlashni bartaraf etish konvensiyasini buzgan.
Ukraina Xalqaro sudga ishni ko‘rib chiqish vaqtida "Rossiya tomonidan inson huquqlari buzilishlarining oldini olishga qaratilgan" choralar qabul qilish iltimosini ham bildirgan.
Mavzuga oid
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
20:16 / 24.12.2024