Fan-texnika | 00:29 / 20.01.2017
24281
2 daqiqa o‘qiladi

Nokia 6 bir daqiqaga qolmay sotib bo‘lindi

Afsonaviy Nokia brendining bozorga qaytishidan keyingi ilk smartfoni Nokia 6 bo‘ldi va u faqatgina Xitoyda taklif qilindi. Smartfonni sotish bilan shug‘ullangan JD.com saytida Nokia 6 bir daqiqa ichida sotib bo‘lingan, deb xabar bermoqda Xitoyning Anzhuo resursi.

CES 2017 elektronika ko‘rgazmasida taqdim qilingan Nokia 6 smartfoni Nokia bozorga qaytganidan keyin eng kuchlisi ham, eng qimmati ham emasligi aniq bo‘ldi. 26 fevralda taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan Nokia 8 va boshqa qurilmalar qiziqroq bo‘lishi va'da qilinmoqda.

Mutaxassislarning tanqidlariga qaramay, xaridorlar Nokia 6’ni kutishdi. Smartfonlar  JD.com saytida 1699 yuandan (taxminan 250 dollar) paydo bo‘lganda bir daqiqaga qolmay talab ketilgan.

Biroq bu smartfonning birinchi partiyasi bo‘lgan. Keyingi partiyalar bunchalik sarosima uyg‘otmas va qurilma barchaga yetar. Smartfonning ko‘rsatkichlari quyidagicha: 4 Gb tezkor xotira va 64 Gb ichki xotira, 16 va 8 Mp li kameralar, 3000 mA-soat sig‘imga ega akkumulyator va Android 7.0 Nougat operatsion tizimi.

Mavzuga oid