Jahon | 13:39 / 23.01.2017
17177
1 daqiqa o‘qiladi

Gambiyaning sobiq prezidenti mamlakatni yirik miqdordagi pul bilan tark etdi

foto: AP

Gambiyaning sobiq prezidenti Yahyo Jamme prezidentlik lavozimida bo‘lishining oxirgi haftalarida 11,4 mln dollar o‘g‘irladi va yuk samolyotida qimmatbaho avtomobillarni tashib ketdi, deb ma'lum qildi yangi prezidentning maxsus maslahatchisiga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi.  

"Gambiya og‘ir moliyaviy ahvolda. Mamlakat g‘aznasi bo‘shab yotibdi. Bu ishlarning haqiqiy holatidir", deb aytdi maslahatchi Mai Ahmad Fattiy. Bo‘shab yotgan g‘azna haqida mamlakatning yangi prezidenti Adam Barrou ham gapirib o‘tgandi.

Fattiyning aytishicha, Chaddan kelgan yuk samolyoti Jammening o‘z lavozimini tark etishining bir necha oxirgi soatlarida Gambiyadan turli qimmatbaho buyumlar, avtomobillar olib chiqib ketgan. Jammening o‘zi esa mamlakatni 21 yanvarda tark etgan.

Mavzuga oid