Jahon | 12:36 / 27.01.2017
5724
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviya Meksikani Janubiy Amerika bilan birlashishga chaqirmoqda

Boliviya prezidenti Evo Morales 26 yanvarda o‘zining meksikalik hamkasbi Enrike Penya Netoni AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati harakatlari sababli Janubiy Amerika davlatlari bilan ittifoq yaratishga e'tibor qaratishga chaqirdi.  

"Men meksikalik birodarlarimni janubga qarashga, bizning Lotin Amerikasi va karibcha bir xilligimiz negizida birdamlik yaratishga chaqiraman", deb yozgan Morales tvitterda.

Bu bayonot azaliy hamkorlar AQSh va Meksika o‘rtasida munosabatlar kesinlashgani ortida bildirilgan. Saylovoldi kampaniyasi vaqtida Meksikaga qarshi nutqlari bilan tanilgan Tramp prezident lavozimini bajarishga kirishishi bilanoq Meksika bilan chegarada devor qurishga ko‘rsatma bergan. Tramp qurilish uchun pulni Meksika to‘lashini talab qilmoqda, biroq Meksika prezidenti buni qilishni qat'iyan rad etgan. Natijada bu ziddiyat Tramp va Neto o‘rtasida 31 yanvarga belgilangan uchrashuvning bekor qilinishiga olib keldi.

Mavzuga oid