Jahon | 22:13 / 31.01.2017
13091
1 daqiqa o‘qiladi

NASA ulkan qora tuynuklarni qayd qildi

NASA qoshidagi Fermi laboratoriyasi olimlari gamma-teleskop yordamida o‘ta og‘ir qora tuynuklarga ega galaktik yadrolardan taralgan nurlanishni qayd qilishdi. Nurlanish yerdagi qurilmalarga taxminan 12 mlrd yilda yetib kelgan.

Bu haqda laboratoriya saytida ma'lum qilindi. Ulkan qora tuynukli 5 ta galaktika yadrosi Katta portlash yuz bergandan keyin 1,4 mlrd yil o‘tib shakllangan.

Ta'kidlanishicha, bu olimlar olam rivojlanishining erta bosqichida bunday kuchli obektlarning vujudga kelishini qayd qilishgan birinchi holatdir.

Mavzuga oid