Sport | 22:37 / 05.02.2017
7764
1 daqiqa o‘qiladi

Arilar galasi kriket uchrashuvining borishiga xalaqit berdi

Yoxannesburgda bo‘lib o‘tayotgan kriket bo‘yicha jahon chempionatining 3-uchrashuvi stadionga uchib kelgan arilar galasi tufayli to‘xtatildi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Voqea Shri-Lanka va mezbon JAR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida yuz bergan. JARlik sportchilar 115-4 hisobida oldinda borayotganlarida stadionda arilar galasi paydo bo‘lgan. O‘yinchilar arilardan berkinish uchun yerga yotib olishlariga to‘g‘ri kelgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, arilarni xo‘rak – bir chelak koka-kola va asal yordamida haydashga harakat qilingan, biroq bu foyda bermagan. Oqibatda uchrashuv 1,5 soatga to‘xtatilgan va stadionga professional asalarichini chaqirtirishga to‘g‘ri kelgan. Asalarichi arilarni yig‘ib olgach, uchrashuv davom ettirilgan. Uchrashuvda JAR g‘olib bo‘lgan.

Mavzuga oid