Fan-texnika | 22:32 / 09.02.2017
6128
1 daqiqa o‘qiladi

Volvo yangi krossoveri chiqishini ma'lum qildi

Foto: autocar.co.uk

Volvo kompaniyasi 2017 yilda ixcham krossoveri XC40’ning seriya versiyasini taqdim qiladi. Bu ma'lumotni Autocar nashriga shved kompaniyasining ilmiy-tadqiqot bo‘limi rahbari Xenrik Grin ma'lum qilgan. Yangi model dunyo bo‘ylab savdoga 2017 yilning kuzida chiqishi kerak, kompaniyaning modellar qatorida mashina XC60 dan pastki pog‘onani egallaydi. 

Grinning ta'kidlashicha, yangi model kompaniyaning eng muvaffaqiyatli modellaridan biri bo‘lishi ehtimoli bor.

Yangi model Xitoyning Geely kompaniyasi bilan birgalikda loyihalashtirilgan SMA platformasi negizida quriladi. Shu platforma negizida S40 sedani ham ishlab chiqarilmoqchi.

Yevropada mashinaning motorlari qatoriga 3 va 4 silindrli dvigatellar kiritiladi. Mashinaning, shuningdek, gibrid versiyasi ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid