Fan-texnika | 19:37 / 24.02.2017
9126
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi McLaren superkarining navbatdagi videolari namoyish qilindi

McLaren Automotive kompaniyasi internetda 650S modelining vorisi bo‘lgan yangi superkar tizerlarini joylashtirdi. Britan markasi niqoblangan prototip poyga treki bo‘ylab drift amalga oshirayotgani, sinovlarni o‘tkazuvchi haydovchi Kris Gudvin mashinani boshqarish va uning konstruksiyasining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab beruvchi rolikni namoyish qildi. 

Shuningdek, kompaniya avtomobil 200 km/soat tezlikdan to‘liq to‘xtashiga 4,6 soniya yoki 117 metr masofa ketishini ma'lum qildi. Bu 650S modelidan  6 metr kamroq, biroq gibrid giperkari P1’ning ko‘rsatkichiga juda yaqin. 

Bungacha kompaniyada kupe 0 dan 200 km/soatgacha 7,8 soniyada erisha olishi ma'lum qilingandi. Qiyoslash uchun, 650S’da bunga 8,4 soniya talab qilinadi.

Superkar 4 litrli 8 silindrli, 720 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Model uchun yangi karbon monokokk kuzov, modernizatsiyalangan adaptiv shassi, boshqaruvchi elektronika uchun maxsus drift-rejim, o‘zgacha chiqarish tizimi va faol aerodinamik elementlar tayyorlangan.  

Avtomobil mart oyida Jyenevadagi motorshouda ilk marotaba namoyish qilinadi. 

Mavzuga oid