Sport | 21:31 / 24.02.2017
7728
2 daqiqa o‘qiladi

Klopp Ranerining haydalishini ulkan siyosiy voqeaga tenglashtirdi

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 26-turida «Lester»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan Klaudio Ranerining ishdan bo‘shatilganiga munosabat bildirib o‘tdi.

«Bu voqea ro‘y berganidan hayron bo‘lmadim. Nega deysizmi? Bu faqat futbol tufayli emas. Oxirgi vaqtlarda bunday dahshatli voqealarni ko‘p ko‘rmoqdamiz – Brexit (Buyuk Britaniyaning YeIdan ajralib chiqishi – tahr), Tramp va endi Raneri.

«Lester» rahbariyati nega bu ishni qilganiga tushuna olmayapman.

Raneri bizning kasbimizdagi alohida odam, u ajoyib odam. Biz Klaudio bilan avvaldan tanishmiz, men Germaniyadaligimda u Dortmundga, meni ko‘rishga kelgandi. U shunday g‘aroyib odam. Lesterga boring va ulardan so‘rang, nega ular bu ishni qilishdi?.

Hafta boshida men yigitlarga aytgandim: «Lester» endi o‘z muammolarini anglab yetdi, endi biz kuchli «Lester»ni ko‘ramiz.

Chempionlar ligasida siz ularning golini va ularning shundan keyingi harakatlarini ko‘rdim. Golgacha va goldan keyingi o‘yin butkul farqli edi. Ko‘rinib turgandiki, ularga o‘ziga bo‘lgan ishonch qaytishi uchun gol kerak edi.

Men ular darhol o‘zgarib qolgan deb o‘ylamayman. Ehtimol, «Lester» futbolchilari endi nimanidir isbotlab qo‘ymoqchi bo‘lishar, ammo biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz», – degan Klopp.

Mavzuga oid