Sport | 15:40 / 24.02.2017
7460
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: «Lester» futbolchilari Ranerining ketishini so‘rashgan

«Lester» futbolchilari Klaudio Ranerining bosh murabbiylikdan ketishi tashabbuskori bo‘lishgan.

Sky Sports xabariga ko‘ra, jamoa futbolchilari Chempionlar ligasining nimchorak finalida «Sevilya»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin klub rahbariyati bilan uchrashgan. Jamoa futbolchilari Ranerining ishga yondashuvi muvaffaqiyatsiz seriya sababi bo‘lganini aytishgan.

«Lester» ayni vaqtda, 25 tur o‘yinlaridan keyin 21 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va jamoani xavfli zonadan 1 ochko ajratib turibdi.

Raneri klubni 2015 yilning iyulidan boshqara boshlagan va klub tashkil topganidan 133 yil o‘tib, uni chempionlikka yetaklab kelgandi.

Raneri shov-shuvli bayonot bilan chiqdi

Raneri: Ular menga ishonmay qo‘yishganiga ishonmayman

Mavzuga oid