Iqtisodiyot | 10:52 / 25.02.2017
7462
2 daqiqa o‘qiladi

Dow Jones indeksi 11 kundirki rekord qo‘ymoqda

Foto: AP

AQShning asosiy fond indekslari savdo haftasini ijobiy natijalarda yakunladi. Bu borada Dow Jones natijalari ajoyib bo‘lib, 11 kundirki tarixiy maksimumlarni yangilamoqda. Savdo natijalari shunday deyishga asos bo‘lmoqda. 

AQSh sanoat indeksi Dow Jones 0,05 foizga o‘sib, 20821,76 punktga ko‘tarilgan. Yuqori texnologiyali kompaniyalar indeksi NASDAQ 0,17 foizga o‘sib, 5845,31 punktni tashkil etmoqda. S&P 500 ko‘rsatkichiga 0,15 foiz qo‘shilgan va 2367,34 punktni tashkil etgan.

Investorlar esa, AQSh prezidenti Donald Trampning Kongress oldidagi chiqishini kutmoqda. Kelasi hafta juma, 3 mart kuni Tramp vatandoshlariga soliqlarni pasaytirishni va'da qilgan. "Biz o‘rta toifa va kompaniyalar uchun soliqlarni sezilarli kamaytirishni rejalashtirayapmiz. Shu bilan birga, soliq kodeksimizni sodda va adolatliroq qilmoqchimiz", — degan Tramp. 

"Bizning fikrimizcha, Kongressga murojaat prezident Tramp uchun o‘z maqsadlarini va ko‘zlagan rejalarini, ayniqsa, savdo, soliq va davlat investitsiyalari sohasidagi rejalarini izohlashda yaxshi imkoniyat bo‘ladi", — deyishmoqda Barclays ekspertlari. Bloomberg agentligi shu haqda xabar qilmoqda.

Mavzuga oid