Iqtisodiyot | 12:18 / 27.02.2017
15242
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline 2016 yilga doir moliyaviy hisobotini e'lon qildi

Vimpelcom kompaniyasi aksionerlarining xalqaro moliyaviy hisobot standarti asosidagi daromadi 2016 yilda 2,414 mlrd dollarni tashkil etdi. 2015 yilda bu borada 655 mln dollar zarar ko‘rilgan edi. 

Vimpelcom kompaniyasining hisobot davridagi pul tushumi 7,5 foizga pasayib, 8,885 mlrd dollarni tashkil etgan. 2016 yil yakuni bo‘yicha EBITDA ko‘rsatkichi 12,4 foizga o‘sib, 3,232 mlrd dollardan iborat bo‘lgan. 

Kompaniyaning 2016 yil to‘rtinchi choragidagi daromadi 2015 yilning shu davriga nisbatan 28 baravardan ko‘proqqa oshib, 58 mln dollar o‘rniga 1,643 mlrd dollardan iborat bo‘lgan. Oktyabr – dekabr oyidagi foyda yillik hisobda 2,5 foizga o‘sgan va 2,354 mlrd dollarga yetgan, EBITDA ko‘rsatkichi 3,4 foizga pasayib, 783 mln dollarga yetgan. 

Vimpelcom kompaniyasining 2016 yil to‘rtinchi choragi yakuniga ko‘ra sof qarzi uchinchi chorak bilan taqqoslaganda 5,3 foizga o‘sgan va 7,162 mlrd dollarni tashkil etgan. Ko‘rsatkichlar o‘sishiga, asosan, yuqori kapital xarajatlar evaziga erishilgan. 

Vimpelcom Ltd dunyoning yirik integratsiyalashgan aloqa operatorlaridan biri hisoblanadi. U Rossiya, Italiya, Jazoir, Pokiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Bangladesh, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya va Laosda aktivlarga ega. Vimpelcom kompaniyasi "Beeline", "Kiyevstar", Wind, Djezzy, Mobilink va Banglalink brendlari ostida xizmat ko‘rsatadi. 

Mavzuga oid