Jahon | 14:33 / 08.03.2017
5134
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya KXDR bilan tinch muzokaralarni o‘tkazish tarafdori

Malayziya hukumati KXDR bilan diplomatik mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Hamidi ma'lum qildi.

"Biz muzokaralardan manfaatdormiz", - deya ta'kidlab o‘tdi u. Hukumat rahbari o‘rinbosarining xabar qilishicha, TIV vakillari yuqori mansabli Shimoliy Koreya delegatsiyasi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazadi – ular Kuala-Lumpurga o‘tgan haftada kelishgan hamda Pxenyanga haligacha qaytib ketishmadi. Avvaliga KXDRning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Li Don Ir boshchiligidagi diplomatlar Kim Chen Namning jasadini vataniga qaytarish masalasini muhokama qilishlari lozim edi.

Bosh vazir o‘rinbosarining ta'kidlashicha “Shimol bilan diplomatik munosabatlarni saqlab qolish muhim, sababi shu tariqa u yerdagi Malayziya fuqarolari xavfsizligini ta'minlash mumkin”. “O‘ylashimcha, Pxenyada ham KXDRning Malayziyada bo‘lgan fuqarolari xavfsizligi yuzasidan tashvishlar bor”, - dedi Ahmad Zohid Hamidi.

Kuni kecha Malayziya mamlakatdan KXDR elchisini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi, shundan so‘ng Pxenyandagi Malayziya diplomatik missiyasi rahbariga nisbatan javob choralari ko‘rildi. Keyinchalik shimoliy koreyaliklar Malayziya fuqarolarini mamlakatdan chiqarmaslik haqida e'lon qilishdi, bosh vazir Najib Razzoq esa KXDR fuqarolariga nisbatan xuddi shunday cheklov choralarini qo‘lladi.

Malayziya Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzmaydi 

Mavzuga oid