Jahon | 00:59 / 12.03.2017
16649
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya politsiyasi turk vaziri mashinasini to‘xtatdi

Niderlandiya politsiyasi Rotterdamda Turkiyaning oila ishlari va ijtimoiy siyosat vaziri Fatma Betul Sayon Kayya avtomobilini to‘xtatdi. Bu haqda "Er-te-ve Reynmond" telekanali xabar bermoqda

Vazir Niderlandiyaga Germaniyadan avtomobilda kelgan, chunki avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luning samolyotiga Niderlandiyada qo‘nishga ruxsat berilmagan. Hozirda Turkiya hukumati a'zolari mamlakatdagi konstitutsiyaviy islohotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yevropaning bir qator davlatlarida siyosiy kampaniya o‘tkazishmoqda. Niderlandiyada esa turk siyosatchilarining ishtirokidagi tadbirlar xavfsizlik nuqtai nazaridan taqiqlab qo‘yildi.   

Avvalroq Kayya Niderlandiyaga avtomobilda bo‘lsa ham yetib olishini aytgandi.

Vaziyat qanday rivojlanishi noaniq qolmoqda. Kayya uni bir necha o‘nlab gollandiyalik turklar kutayotgan konsullikka kelishi kerak edi. Biroq Rotterdam rahbariyati konsullikka olib keluvchi barcha yo‘llarni berkitib, bunga to‘sqinlik qilishi mumkin. 

Mavzuga oid