Jamiyat | 13:39 / 13.03.2017
14303
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bepul Wi-Fi bo‘lgan birinchi avtobus bekati ochilmoqda

Foto: Facebook/Hot WiFi Uzbekistan

16 mart kuni Toshkent shahridagi Oloy bozori yonida bepul Wi-Fi signali bo‘lgan birinchi avtobus bekati ochiladi. Bu haqda Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasining Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, barcha istovchilar ushbu tizimni sinab ko‘rishlari hamda o‘z izohlarini qoldirishlari mumkin.

Hot WiFi tizimi sharofati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, email, shuningdek, SMS va bepul qo‘ng‘iroq (callback) orqali tarmoqqa kirish mumkin bo‘ladi.

Avtobus bekatlarida Toshkent aholisini bepul internet bilan ta'minlash bo‘yicha loyiha Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Bravo Pharma, Beeline hamda JCDecaux kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Mavzuga oid