Jamiyat | 18:40 / 15.03.2017
22814
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik yigit sevgan qiziga antiqa to‘y sovg‘asi keltirdi

Xitoy fuqarosi Lyu Fey sevgan qizidan noodatiy usulda unga turmushga chiqishni so‘radi. U qizga to‘y sovg‘asi sifatida 33 tonnalik toshni keltirdi, toshning meteorit ekanligi taxmin qilindi. Bu haqida Sina'da xabar berildi.  

Lyu Feyning aytishicha, u bir yil avval sayohatda kolleksioner bilan tanishib qolgan, ulkan tosh ham shu kishiga tegishli bo‘lgan. Tosh unga va uning bo‘lajak yoriga juda yoqib qolgan. Sotuvchi toshni meteorit deb aytgan va yigitga uni million yuandan ortiqqa pullagan. 

Fey qizga to‘y sovg‘asi sifatida kvartira sotib olish uchun pul yig‘ayotgandi, lekin u uy o‘rniga ulkan toshni taqdim etdi. 

Meteorit 12 mart kuni Urumchi shahri maydoniga keltirildi, ikki kundan keyin esa Fey sevgan qizidan unga turmushga chiqishni so‘radi. Qiz uning taklifiga rozilik bildirdi. 

Mavzuga oid