Fan-texnika | 18:53 / 16.03.2017
8529
2 daqiqa o‘qiladi

Ferrari rahbari: Lamborghini superkarlari "keng iste'mol mollari"dir

Ferrari rahbari va FCA bosh direktori Serjio Markionne «Ferrari» superkarlarini Lamborghini’dan yaxshiroq deb atadi. Top menejyer bu haqda Jyeneva avtosaloni doirasida Car’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Markionne fikricha, kishilar Lamborghini’ni «Ferrari» avtomobillarini xarid qilish murakkabligi tufayli sotib oladi: «Men Stefano Domenikalini [Lamborghini’ning amaldagi rahbari] qattiq hurmat qilaman. Biroq ko‘plab insonlar Ferrari’ni sotib ololmaganliklari tufayli Lamborghini’ni xarid qilishadi».

Aftidan, Markionne markaning noyob modellarini xarid qilishdagi qator cheklovlarni nazarda tutgan. Masalan, LaFerrari supergibridini xarid qilish faqatgina har bir aniq kelishuvdagi rahbariyat roziligi bilan ro‘y berishi mumkin edi. Ehtimoliy xaridor kompaniyaning bir necha avtomobillariga ega bo‘lishi talab etilardi.

Ferrari rahbari firmaning kelajakdagi rejalari haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda marka taxminan 8500ta avtomobilni chiqarmoqchi.

Markionne turbodamli V12 motorlari hamda mexanik uzatmalar qutisiga ega model chiqarilishini rad etdi. U bunday mashinalar chiqarilishi ehtimolini nolga tenglashtirgan.

Mavzuga oid