Jahon | 10:27 / 21.03.2017
4867
2 daqiqa o‘qiladi

Afina pochta bo‘limida yana 8 ta minalashtirilgan maktub aniqlandi

Foto: Reuters

Gretsiya politsiyasi Afinadagi pochtani saralash markazida 8 ta minalashtirilgan maktubni aniqlab, uni xavfsizlantirdi. Bu haqda Gretsiya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

"Yevropa davlatlaridagi shaxslar nomiga yozilgan 8 ta shubhali paket aniqlanib, musodara qilingan", deb aytilgan xabarda.

Gretsiyada maktublarni portlovchi moddalar mavjudligiga tekshirish Germaniya moliya vaziri va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Parijdagi vakolatxonasiga bu davlatdan minalashtirilgan maktublar yuborilgandan keyin boshlangan. Ta'kidlanishicha, topilgan 8 ta paketda ham avvalgi holatlardagi kabi portlovchi moddalar aniqdangan.  

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Germaniya moliya vazirligiga vazir Volfgang Shoyblega yo‘llangan shubhali paket kelib tushgan. Shu sababli vazirlik binosidagi odamlar evakuatsiya qilinganlar.

16 mart kuni esa shunday paket XVJning Parijdagi vakolatxonasi tomondan olingan. Paket XVJ xodimlaridan birining qo‘lida portlab ketgan. Buning oqibatida xodim qo‘llari va yuzidan kuyish jarohatlari olgan.

Mavzuga oid