Jamiyat | 12:14 / 22.03.2017
57702
1 daqiqa o‘qiladi

Hitlerning tan soqchisi uning oxirgi daqiqalarini eslaydi

Fashistlar dohiysi Adolf Hitlerning tan soqchisi bo‘lgan Roxus Mish "Hitlerning oxirgi guvohi" nomli kitobida uning o‘limi bo‘yicha yangi tafsilotlarni yozgan. Ushbu kitob chet tillariga tarjima qilingan.

Mish Hitler va Yeva Braun Berlindagi bunkerda o‘z jonlariga suiqasd qilganidan keyin ularni ko‘rgan ilk odam edi. U shuningdek ularning o‘limiga guvohlik berishi mumkin bo‘lganlarning so‘nggisi edi, Mish 2013 yilda 96 yoshida vafot etgan.

U kitobida Hitler va Braunning hayotidagi oxirgi daqiqalarnigina emas, ularning ilk daqiqalaridan o‘limgacha bo‘lgan davrni tasvirlagan.

Hitler o‘z joniga suiqasd qilganida Mish otishma o‘q ovozini eshitib xonasidan chiqib kelgandi. U keyinroq 9 yilni mehnat lagerida o‘tkazadi, Berlinga qaytganidan keyin pensiyaga chiqquniga qadar do‘konda ishlaydi.

Mavzuga oid