Iqtisodiyot | 15:15 / 23.03.2017
8565
1 daqiqa o‘qiladi

Lamborghini savdolar hajmi rekord darajaga yetganini ma'lum qildi

Lamborghini avtomobil kompaniyasi o‘tgan yil yakunlarini sarhisob qildi. Firma mashinalari sotuvi hajmi yangi tarixiy rekordga yetdi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Bu ko‘rsatkichning ortishi yetti foizni tashkil etdi: joriy yilda sotilgan avtomobillar soni 3245dan 3457gacha oshdi. Kompaniya savdo aylanmasi to‘rt foizga o‘sdi hamda tarixda ilk bora 906 million yevrodan oshib ketdi.

Automobili Lamborghini kompaniyasi 1963 yilda tashkil etilgan, uning qarorgohi Italiyaning Santa-Agata-Boloneze kommunasida joylashgan. 2018 yildan boshlab Lamborghini’da yangi model chiqariladi - Lamborghini Urus yo‘ltanlamasi.

Uning paydo bo‘lishi zavod ishlab chiqarish quvvatining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish maydonlari 80 mingdan 150 ming kvadrat metrga ortadi, bir yildagi ishlab chiqarish hajmi esa ikki barobarga ortib, yetti ming donani tashkil etadi.

Mavzuga oid