Fransiya Gvianasida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari, Olland bayonot bilan chiqdi
Fransiya prezidenti Fransua Olland Fransiya Gvianasi uchun asosiy ustuvor vazifa himoyalanmaganlik bilan kurash hisoblanishini ma'lum qildi, deb yozmoqda Figaro gazetasi.
"Ustuvor vazifa – bu himoyalanmaganlik bilan kurash", - deya davlat rahbari so‘zlarini keltiradi gazeta. "Favqulodda muhim masala – bu Gvianadagi xavfsizlik, sababi zo‘ravonlik juda ko‘payib ketgan", - deya ta'kidlab o‘tdi Olland.
Fransiyaning mamlakat hududidan tashqaridagi eng yirik departamentida o‘n kundan beri mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy talablar tufayli kelib chiqqan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Departamentining asosiy kasaba uyushmasi “Gvineya mehnatkashlari ittifoqi” dushanba kuni ish tashlash o‘tkazmoqchi. Uning maqsadi keng ko‘lamli sarmoyaviy dastur qabul qilinishi, shuningdek tibbiy yordamni yaxshilash va ta'lim hamda ijtimoiy himoya sifatini oshirishga erishish.
Fransiya bosh vaziri Bernar Kaznevning ma'lum qilishicha, yaqin vaqtda Fransiya Gvianasi bilan bo‘lajak o‘zaro aloqalar haqida kelishuv imzolashni rejalashtirgan. Avvalroq, departamentda payshanba kunidan boshlab qator maktab, universitetlar, savdo porti hamda bir necha ma'muriy binolar yopib qo‘yilgani xabar qilingandi. Shu bilan birga, RTL radiostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Gvianaga shanba kuni vazirliklararo delegatsiya jo‘nab ketgan, u yuz bergan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024