O‘zbekiston | 14:56 / 30.03.2017
10102
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Termizda avtobuslar uchun to‘lov vositasi sifatida jyetonlar joriy etildi

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri jamoat transportida to‘lov vositasi sifatida jyetonlar joriy etildi. Bu haqda «Kun.uz»ga viloyatda avtotransport faoliyatini muvofiqlashtiruvchi «Surxondaryotrans-markazi» mutasaddilari ma'lumot berdi.

«Termiz shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti avtobuslarda yo‘lovchilar tomonidan yo‘l kira haqini to‘lashda, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jyetonlar ham to‘lov vositasi sifatida 2017 yil 1 aprel kunidan boshlab muomilaga kiritiladi», deyilgan xabarda.

Buning uchun joylarda «Avtobus jyetonlari» deb nomlangan maxsus shoxobchalar tashkil etilib, ular aholiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va to‘lov terminallari bilan ta'minlandi.

Mavzuga oid