Iqtisodiyot | 15:57 / 02.04.2017
18084
1 daqiqa o‘qiladi

Trapmning shaxsiy avtomobili kimoshdi savdosida sotildi

Ilgari AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari F430 avtomobili Floridadagi Auctions America kimoshdi savdosida 270 ming dollarga sotildi. Bu haqida FrancePress kimoshdi savdosi tashkilotchilariga asoslanib, xabar berdi

Amerika rahbarining sobiq avtomobili shanba kuni sotuvga qo‘yilgan. Tramp Ferrari F430'ni 2007 yilda xarid qilgan. 2,4 ming mil (taxminan 3,8 ming kilometr) yo‘l bosib o‘tgan mashina sotildi. Avtoning yangi sohibi nomi oshkor qilinmadi. 

"Egasi mashhur kishilar bo‘lmagan xuddi shunday modellar odatda qancha yo‘l bosib o‘tgani, holati va jihozlariga qarab, 125-175 ming dollarga baholanadi", - dedi Auctions America vakili Emi Kristi. 

Mavzuga oid