Iqtisodiyot | 12:37 / 03.04.2017
5753
1 daqiqa o‘qiladi

Daejin Chemical O‘zbekistonda kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishi mumkin

Janubiy Koreyaning Daejin Chemical kompaniyasi «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin, deb xabar bermoqda Uzdaily.uz.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Daejin Chemical kompaniyasi va «Navoiy» EIZ direksiyasi loyihani amalga oshirish sohasida hamkorlik niyati haqida memorandum imzolashdi.

Daejin Chemical delegatsiyasi «Navoiy» EIZga tashrif buyurib, iqtisodiy zona hududida Koreya ishlab chiqaruvchisining xorijiy sarmoyalarini kiritish orqali kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihani joylashtirish masalasini muhokama qildi.

Mavzuga oid