O‘zbekiston | 22:44 / 10.04.2017
39388
3 daqiqa o‘qiladi
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimi yangilandi
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning professional bilimlarini hamda zamonaviy tibbiyot texnikasi va axborot texnologiyalari bilan ishlash borasidagi amaliy ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilash, respublika va jahon tibbiyoti sohasidagi oxirgi yutuqlardan samarali foydalanishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 174-sonli "Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- klinik ordinatura Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida bazaviy vrachlik mutaxassisliklari ixtisosliklari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkaziladi;
- birlamchi ixtisoslashtirish Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, tibbiy oliy ta'lim muassasalari malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va ularni mintaqaviy filiallarida o‘tkaziladi;
- birlamchi ixtisoslashtirish kurslari, umumiy amaliyot vrachlarini umumiy va mavzuli malaka oshirish Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ixtisosli kafedralarida va tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida o‘tkaziladi;
- tibbiyot xodimlarining umumiy malakasini oshirish kurslari Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida, tibbiy oliy ta'lim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va uning mintaqaviy filiallarida o‘tkaziladi;
- tibbiyot xodimlarining qo‘shimcha ixtisoslashishi va mavzuli malaka oshirish kurslari tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va mintaqaviy filiallari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yetakchi davolash-profilaktika va ilmiy-tekshirish muassasalari, farmatsevtik tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:04 / 27.11.2024
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari qancha oylik oladi?
15:47 / 02.07.2024
O‘zbekistonlik muhandislar Yaponiyada ishga joylashtiriladi
13:57 / 12.02.2023
“Ilgari imtihonlarni topshirish uchun faqat bitta imkoniyat berilardi” - maktab ta’limida yengillashgan malaka oshirish
17:19 / 30.03.2022