Light | 10:47 / 11.04.2017
53917
14 daqiqa o‘qiladi

50 nafar mashhurdan 50 hayotiy saboq

Baxt, yo‘l tanlash, boylik, san'at, taraqqiyot, go‘zallik, erkinlik va boshqalar haqida ulardan-da chiroyli qilib aytish mumkin bo‘lmagan haqiqatlar

Yozuvchi uchun eng eng mashaqqatli sinov — nimanidir aytmoqchi bo‘lganida kimdir undan oldin shu narsani undan-da chiroyli suratda aytib qo‘ygan bo‘lib chiqishidir.

Fridrix Nitsshe. Ernest Heminguey. Fedor Dostoyevskiy. Stiv Jobs. Uorren Baffett.

Albatta, bu xijolatga soladi, biroq bir vaqtning o‘zida bu fikr daholarining hayoti va ishlarini o‘rganishga rag‘batlantiradi.

Biz har biri ajoyib hayotiy saboq bo‘lmish 50 muhim iqtibosni esga oldik. Umid qilamizki, siz ham bularning ichida o‘zingiz uchun foydali biror narsa topasiz.

 

Albert Eynshteyn status-kvoning xavfliligi xususida

"Narsalarni tartiblashda foydali bo‘lgan tushunchalar ustimizdan shunchalik hukmronlikka ega bo‘ladiki, ularni inson o‘ylab topganini unutib, o‘zgarmas mavjudlik sifatida qabul qila boshlaymiz".

 

Mikelanjyelo estetika va poklik to‘g‘risida

"Go‘zallik — biror ortiqcha narsa bo‘lmagan hol".

 

Frants Kafka o‘qishning mazmuni haqida

"O‘ylashimcha, bizni tishlab, nashtar sanchib oladigan kitoblarnigina o‘qishimiz kerak. O‘qib bo‘linganidan so‘ng kitob bizni boshni gangituvchi zarba yegan inson holiga tushirmas ekan, uni o‘qib nima qildik?"

 

Nikola Tesla ertangi kun haqida

"Faqat kelajakkina har bir insonga mehnatlari va erishgan natijalariga monand haqiqatni gapirib, baho bersin. Hozirning egasi esa ularning o‘zi; uning uchun ishlagan kelajak esa menga tegishli".

 

Virjiniya Vulf borliqning bir tekis emasligi haqida

"Hayot — simmetrik joylashtirilgan lampalar qatori emas; hayot — bu tafakkurimiz tug‘ilganidan buyon va uning so‘ngiga qadar uni o‘rab turgan yolqinlanayotgan gardish, yarim shaffof qobiq".

 

Seneka yo‘l axtarishda muvozanat haqida

"Nima, mendan oldin o‘tganlarning yo‘lida ketmasligim kerakmi? — Yo‘q, men eski yo‘ldan foydalanaman, biroq, qisqaroq va tekisroq yangi yo‘lga duch kelsam unga ham tosh yotqizib chiqaman. Bizgacha bu ishni qilganlarning barchasi bizning hukmdorlarimiz emas, bizning yetakchilarimiz hisoblanishadi".

 

Albert Kamyu prinsiplar va baxt haqida

"Printsiplarini shaxsiy baxtidan ustun qo‘yuvchi insonlar baxtga erishish uchun oldindan belgilab olgan shartlaridan og‘ish bo‘lsa, baxtli bo‘lishdan voz kechishadi. Hattoki kutilmaganda baxtga sazovor bo‘lib qolishsa ham o‘zlarini yo‘qotishadi: baxtsizligimdan ayirishgani uchun baxtsizman, deya".

 

Uorren Baffett chin boylik xususida

"Ko‘pincha shunday bo‘ladi: mulk egasini boshqara boshlaydi. Salomatligimni hisobga olmasam, menda bor bo‘lgan bebaho narsalar — qiziqarli, turli va azaliy do‘stlarimdir".

 

Karl Yung ratsionallik chegaralari haqida

"Hech kim faqat tafakkuri yordamida olamni anglayapman, deb hisoblamasin: bu tushunish hissiyotlar yordamida ham amalga oshiriladi. Shu sababli, tafakkur mulohazasi eng yaxshi holatda ham haqiqatning yarmini aks ettiradi va u haqqoniy bo‘lgan taqdirda o‘zining qoniqmaganligini tan olishga olib bormog‘i kerak".

 

Fridrix Nitsshe mazmun zaruriyati haqida

"Agar insonda "nega" yashash kerak, degan savol bo‘lsa, u "qanday" degan har qanaqa vaziyatga ko‘nika oladi".

 

Bob Dilan muhokamaning oddiy qoidasi haqida

"O‘zing tushunmaydigan narsani tanqid qila ko‘rma".

 

Simona de Bovuar noaniqlikni qabul qilish haqida

"Men haqiqatga chanqoqligim tufayli o‘zimni bexatar qulaylik, ishonchli va istiqboli aniq hayotdan judo qildim — va haqiqat meni mukofotladi".

 

Richard Feynman hayot mazmuni haqida

"Hayotning mazmuni nimadan iborat ekanligini hech kim bilmaydi va buning ahamiyati ham yo‘q. Olamni o‘rganish kerak. Chuqurroq kavlasangiz hamma narsa bir zumda qiziqarli bo‘lib qoladi".

 

Kristofer Hitchens fikrlash san'ati haqida

"Mustaqil aql mohiyati uning nimalar haqida o‘ylayotgani emas, qanday o‘ylayotganidan iborat".

 

Pol Sezann ranglar teranligi xususida

"Rang tirik va faqatgina rang olamni tiriltiradi... O‘zligimning biror qismini kamaytirmasdan shu instinktga qaytishim kerak, toki dalalarda sochilib yotgan shu ranglar egasi uchun hosilni bildirganidek, men uchun buyuk g‘oya kasb etsin".

 

Deniyel Kaneman idrok illyuziyasi haqida

"Garchi siz u haqida o‘ylayotganingizda nimadir siz uchun o‘ta muhim bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida, dunyoda hech narsa bu qadar muhim emas".

 

Gertruda Shtayn innovatsiyalarni rivojlantirish haqida

"San'atda yangi kompozitsiya yaratgan inson toki klassikka aylanmas ekan, e'tibordan qolgan insonligicha qolaveradi".

 

Suqrot haqiqiy donishmandning ikkilanishi haqida

"Men yashayotgan insonlarning ichida eng donishmandiman, chunki hech narsa bilmasligimni bilaman".

 

Zigmund Freyd qiziquvchanlik sehri haqida

"Aslida, men olim ham, kuzatuvchi ham, tajribachi ham, mutafakkir ham emasman. Temperamentim bo‘yicha qo‘proq konkistador — sarguzasht axtaruvchiman, ya'ni tarjima qilsangiz — qiziquvchanligim, qo‘rsligim va qaysarligim bilan shu toifadagi insonlarga o‘xshayman".

 

Devid Foster Uolles bizning yashirin o‘xshashligimiz haqida

"Faqat bir narsada o‘xshashmiz — qalbimizning to‘ri solishtirsa biz boshqalardan farqlimiz degan, sirli, oshkor etilmaydigan e'tiqodimizda".

 

Teodor Ruzvelt tanqid va arbob haqida

 

"Tanqidchi ahamiyatli emas, kuchli inson qayerda qoqilganini yoki ishni bajarayotgan odam qayerda yanada yaxshiroq bajara olishi mumkinligi ko‘rsatuvchi ham muhim emas. O‘zi maydonda turgan odam hurmatga loyiq".

 

Fyodor Dostoyevskiy idrokka ortiqcha baho haqida

"Aqlli harakat qilish uchun birgina aqlning o‘zi kamlik qiladi".

 

Isaak Nyuton taraqqiyotni ishga tushiruvchi kuch haqida

"Magarki men hammadan uzoqni ko‘ra olgan ekanman, demak gigantlarning yelkasida turganman".

 

Bertran Rassel o‘zining bexabarligi haqida

"Senga shubhasiz bo‘lib ko‘ringan narsalarga ham vaqti-vaqti bilan so‘roq belgisini qo‘yish foydali".

 

Rey Dalio muvaffaqiyatning bahosi haqida

"Vazifa o‘ta murakkab deb o‘ylagan paytingizda, yodda tuting: alal-oqibatda sizni muvaffaqiyat sari yetaklashi mumkin bo‘lgan xatti-harakat omadsiz bo‘lib qolishdan ko‘ra karrasiga osonroq".

 

Mark Avreliy reaksiya tanlash haqida

"Agar yon-atrofdagi biror narsa seni qayg‘uga solsa, seni u emas, u haqidagi mulohazalaring tashvishlantirayapti. Uni yo‘qotish esa o‘zinggagina bog‘liq".

 

Hanna Arendt erkinlik sari yo‘l haqida

"Inson zaruriyat bilan chambarchas bog‘liq ekanligini bilmas ekan, erkin bo‘la olmaydi, chunki inson faqat zaruriyat iskanjasidan qutilish uchun urinib, erkinlikka erishishi mumkin, biroq bu urinishlar hech qachon to‘liq muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi".

 

Leonardo da Vinchi mustaqil fikrlash haqida

"Munozara mobaynida obro‘li shaxslarning aytganlariga murojaat qiladigan inson idrokidan emas, xotirasidan foydalanadi".

 

Kurt Gyodel ong siri haqida

"Yoki matematika inson idroki uchun juda ulkan, yoki inson idroki — mashinadan ham kattaroq narsa".

 

Ilon Mask dunyoning o‘zgarganligi xususida

"Menda bularning hammasi qanday yuz berayotganini kuzatish yoki uning bir qismi bo‘lish imkoniyati bor".

 

Pablo Pikasso ijod mahorati haqida

"Menga Rafael singari surat chizishni o‘rganish uchun to‘rt yil kifoya qilgan, biroq yosh boladek surat solish uchun butun umrim ketdi".

 

Mariya Kyuri ahamiyatga molik narsalar haqida

"Odamlarga kamroq qiziqing, g‘oyalarga esa ko‘proq".

 

Kleyton Kristensen vasvasa haqida

"98 foiz holatdagilardan ko‘ra, o‘z prinsiplariga doimo sodiq qolish osonroq".

 

Lyudvig Vitgenshteyn tilning ta'siri haqida

"Mening tilim chegaralari dunyomning chegaralarini bildiradi".

 

Charlz Bukovski rassomlar va zukkolar haqida

"Zukko oddiy narsa haqida murakkab qilib gapiradi, rassom esa murrakkab narsa haqida oddiy".

 

Devid Yum go‘zallikning sub'yektivligi haqida

"Go‘zallik narsalarning o‘zida jo bo‘lgan sifat emas: u faqat unga mahliyo bo‘lgan aqllardagina mavjud; har bir aql go‘zallikni turlicha qabul qiladi".

 

Hanter S. Tompson ongli hayot haqida

"Tanlashda sustkashlik qilgan inson, vaziyat unga tanlab bergani bilan kifoyalanishga mahkum".

 

Joan Didion murakkablikni qanday tushunishimiz haqida

"Biz yashash uchun o‘zimizga turli hikoyalarni so‘zlab beramiz".

 

Uilyam Jyeyms ortiqcha narsani yo‘q qilish foydasi haqida

"Dono bo‘lish san'ati — bu nimalarga e'tibor bermaslikni bilish san'ati".

 

Karl Sagan ixtiro quvonchi haqida

"Qayerdadir aqlga sig‘maydigan narsa tezroq uni ixtiro qilishlarini kutib turibdi".

 

Ernest Heminguey xotirjamlik ruhi haqida

"Inson mag‘lubiyatga uchrash uchun yaratilmagan. Insonni yo‘q qilib yuborish mumkin, lekin yengib bo‘lmaydi".

 

Karl Popper chegaralarni surish haqida

"Nazariya sizga yagona yechim bo‘lib tuyulgan har qanday onda bunga nazariyani ham, u yechishi lozim bo‘lgan muammoni ham tushunmaganingizni bildiruvchi belgi sifatida qarang".

 

Uolt Disney individuallikni anglash haqida

"Men faqat umid qilamanki, biz hech qachon bir narsani unutmaymiz: hammasi sichqondan boshlangan".

 

J. K. Rouling xarakterni sinash haqida

"Oldingda qanday inson turganini anglashni istasang, o‘zi tengilar bilan emas, qo‘l ostidagilarga qanday muomala qilayotganiga e'tibor qil".

 

Piter Druker qaltis tavakkalchilikning kerakligi haqida

"Inson qanchalik yaxshi bo‘lsa, o‘zi urinib ko‘rgan barcha yangi narsalar yo‘lida shunchalik ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. Men xatoga yo‘l qo‘ymaydigan yoki yirik xatoga yo‘l qo‘ymaydigan insonga katta amal bermagan bo‘lar edim. Aks holda, u albatta o‘rtamiyonalardan biriga aylanadi".

 

Alan Tyuring savolni qayta qurish haqida

"Mashinalar fikrlay oladimi? Men savolni oldingisi bilan chambarchas bog‘liq va nisbatan aniq mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar bilan ifodalanuvchi boshqasi bilan almashtiraman. Bu yangi shakl biz "imitatsiya o‘yini" deb ataladigan o‘yin yordamida tasvirlanadi: bunga ko‘ra kompyuter aqlli deb atalishi mumkin, qachonki u insonni inson ekanligiga ishontira olsa".

 

Vinsent van Gog komfort haqida

"Xavf-xatarning markazida bexatar joy mavjud. Bizda biror narsa qilmaslik uchun jur'at yetishmaganida nima bo‘lardi?"

 

Harper Li idrok qilish haqida

"Insonlar ko‘pincha o‘zlari axtarayotgan narsani ko‘radi, o‘zlari eshitishni istagan narsani eshitishadi".

 

Artur Shopengauer imkoniyat haqida

"Har qanday inson o‘z idroki chegarasini olamning chegarasi sifatida qabul qiladi".

 

Stiv Jobs fundamental reallik haqida

"Atrofingizdagi hamma narsa, siz hayot deb ataydigan jamiki narsa qachonlardir sizdan aqlliroq mavjudot tomonidan yaratilgan. Va siz dunyoni o‘zgartirishingiz, unga ta'sir qilishingiz mumkin. Siz buni anglagan zahotingiz hech qachon oldingi holatingizga qaytmaysiz".

Mavzuga oid