Sport | 19:35 / 16.04.2017
5860
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» safar o‘yinida g‘alaba qozondi

«Liverpul» Angliya chempionatining 33-turi doirasidagi uchrashuvini «Vest Bromvich Albion»ga qarshi safarda o‘tkazdi. Vest Bromvichdagi «Houtorns» stadionida kechgan uchrashuv Klopp shogirdlarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona golni birinchi bo‘lim oxirida Roberto Firmino urdi. Braziliyalik bu futbolchi Lukas Leyva yetkazib bergan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.

Endilikda «Liverpul» 66 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, mersisaydliklar jamoasi «Manchester Siti»ni (64 ochko) quvib o‘tdi. «Vest Bromvich» (44) sakkizinchi pog‘onada qoldi.

Angliya chempionati, 33-tur
Vest Bromvich – Liverpul 0:1
Gol: 0:1 – 45 Firmino.
Vest Bromvich – Foster, Evans, Makoli, Douson, Robson-Kanu (Rondon, 64), Shadli (Morrison, 61), Livermor, Fletcher, Fillips, Yakob (Makkleyn, 64), Brant.
Liverpul –    Minole, Matip, Lovren, Klayn, Milner, Leyva, Jan, Koutino (Moreno, 90), Veynaldum, Firmino, Origi (Starridj, 82).
Ogohlantirishlar: Brant (45), Robson-Kanu (49), Evans (66), Leyva (72).

Mavzuga oid