Xitoylik olimlar insonning fazoda uzoq qolishi texnologiyasi ustida ishlashmoqda
Xitoylik olimlar fazogirlarga orbitada koinot qurilmalarida uzoq vaqt qolishga imkon beruvchi texnologiyalar ustida ishlashmoqda. "Jenmin jibao" nashrining yozishicha, bu sohadagi loyihalarni 2022 yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
"Biz fazogirlarga uzoq vaqt koinotda qolishga imkon beruvchi texnologiyalar ustida ishlamoqdamiz, axir 2022 yilgacha orbital stansiya yaratish rejalashtirilmoqda", deb aytdi Xitoy fan va texnologiyalar aerokoinot korporatsiyasining loyihalash bo‘limi rahbari Van Syan.
Xitoy shaxsiy orbital stansiyasini qurish dasturini amalga oshirmoqda. Bu stansiya foydalanishga 2020 yilda kiritiladi. Ushbu dastur doirasida 20 aprelda Xitoyning ilk koinot yuk kemasi "Tyanchjou-1" fazoga uchirildi va u 22 aprelda "Tyangun-2" koinot moduli bilan birlashdi. Missiya davomida yuk kemasi stansiyani yoqilg‘i bilan to‘ldirish jarayonini mashq qiladi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023