Jahon | 21:23 / 26.04.2017
8067
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev ishbilarmonlarni xalqqa yordam berishga chaqirdi

FOTO: AKORDA

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga xayriya ishlarini rivojlantirish topshirig‘ini berdi. U mamlakatdagi badavlat kishilar va ishbilarmonlarni xalqqa moliyaviy ko‘mak berishga chaqidi. Nur.kz shu haqida xabar berdi. 

"Hozir Qozog‘istonda badavlat kishilar talaygina, bu yaxshi, albatta - biz shunday jamiyat quryapmiz. Boyligi ko‘payaversin, faqat mamlakat ham boyisin - bundan odamlar manfaat ko‘rsin, ishli bo‘lsin. O‘z Vatani uchun xayriya qila olishadimi - maktab, sport majmui, yo‘l, hammom yoki nonvoyxonalar qura oladimi?", - dedi prezident.

Nazarboyev ishbilarmonlarga murojaat qildi: "Davlat sizlarning pul topishlingiz uchun sharoitlar yaratdi, shu pullaringizni xalq bilan baham ko‘ring".

"Hukumat, hokimliklar va assambleyaga xayriyaparvarlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshiraman. Shunday ishlar bilan shug‘ullanuvchi kishilar haqida so‘zlash, ularni maqtash kerak", - deya o‘z so‘zlarini yakunladi prezident.

Mavzuga oid