Turkiya "Vikipediya"ning to‘silishi sababini ma'lum qildi
Avvalroq Turkiyada dunyodagi eng yirik internet-ensiklopediya "Vikipediya"ga kirish taqiqlab qo‘yilgani ma'lum qilingandi.
Turkiya hukumatining tushuntirishicha, ensiklopediya mamlakatning xalqaro sahnadagi nufuziga putur yetkazmoqda. Bu haqda Turkiya transport va aloqa vazirligiga iqtibos keltirgan holda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Turkiya bir necha marotaba "Vikipediya" rahbariyatidan "Anqaraning terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalari borligi haqida yolg‘on va asossiz ma'lumotlarni" joylashtirishni bas qilishni va tegishli kontentni o‘chirib tashlashni so‘ragan. Biroq internet-ensiklopediya buni qilishdan bosh tortgan.
Vazirlikda ma'lum qilinishicha, shu munosabat bilan "terrorchilikka qarshi kurashda o‘z ulushini qo‘shish o‘rniga Turkiyaning xalqaro sahnadagi nomini badnom qilish kampaniyasining bir qismiga aylangan" "Vikipediya"ga kirishni to‘sishga qaror qilingan.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, agar bir qator materiallar o‘chirib tashlansa, to‘siq olib tashlanishi mumkin.
Turkiyada 16 aprelda o‘tgan konstitutsiyaviy referendumdan keyin "Vikipediya" foydalanuvchilaridan biri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an haqidagi ingliz tilidagi maqolani tahrir qilib, uni "diktator" deb atagan. Keyinroq ushbu o‘zgartirish o‘chirilgan hamda ro‘yxatdan o‘tmagan foydalanuvchilarga maqolani tahrir qilish imkoniyati bekor qilingan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024