Jahon | 20:54 / 02.05.2017
6391
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya mudofaa vaziri AQShga ko‘zlangan tashrifini bekor qildi

Foto: Reuters

GFR mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen AQShga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi, bunga davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlarni tayyorlayotgan harbiyning qo‘lga olinishiga oid ishlarni o‘rganish zarurati sabab qilib ko‘rsatildi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi

Fon der Lyayyen 3-4 may kunlari AQShga tashrif buyurib, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va boshqa rasmiylar bilan uchrashishni rejalashtirgandi. Biroq idorada hozir uning uchun qo‘lga olingan harbiyning ishiga oydinlik kiritish ustuvor ahamiyat kasb etishi ta'kidlangan. 

Germaniyaning Frankfurt-na-Mayne shahri politsiyasi o‘tgan haftada 28 yoshli katta leytenant bundesverni qo‘lga oldi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatchi 2015 yil oxirida Gisen shahrida suriyalik qochqin sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Manbada ta'kidlanishicha, u siyosiy qarashlari to‘g‘ri kelmagani tufayli qatl qilishni ko‘zlangan qurbonlari ro‘yxatini tuzib yurgan.

Mavzuga oid