Jamiyat | 00:41 / 02.05.2017
23946
1 daqiqa o‘qiladi

Rentgen hindning tanasida 75 ta igna borligini ko‘rsatdi

Foto: dailymail.co.uk

Hindistonda bir erkak shifoxonaga oyog‘i barmog‘idagi og‘riq bilan shikoyat qilgan. Shifokorlar erkakka oyog‘ini operatsiya qilishni taklif qilishgan va uni rentgen qilishgan. Rentgen natijalari esa ko‘pni ko‘rgan shifokorlarni ham hayratlantirdi: aniqlanishicha, bemorning organizmida 75 ta igna bor bo‘lgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Ignalar bemorning qo‘l-oyoqlari, bo‘yin sohalarida bo‘lgan. 

Erkak bu ignalar uning organizmiga qanday tushib qolganini bilmasligini aytgan. biroq shifokorlar bu ataylab qilinganini taxmin qilishmoqda. Ta'kidlanishicha, erkak mahalliy temir yo‘l kompaniyasida ishlaydi. Hozir u shifoxonaga yotqazilgan va shifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda. 

Foto: dailymail.co.uk
Foto: dailymail.co.uk

Mavzuga oid