Jamiyat | 17:20 / 04.05.2017
48647
6 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda oilaviy dam olish uchun qayerga borish mumkin? Parus’ga, albatta!

Dam olish kunlari yoki kechki paytlarda farzandlaringizni biror joyga olib chiqishga va'da berdingiz, lekin qayerda ularning vaqti qiziqarli va maroqli o‘tishi mumkinligi haqida o‘ylayapsizmi?

Yoki eng qiyini — yosh bolalarga qarab turish, ularni o‘ynatish vazifasi sizga topshirildimi.

Tashvishlanmang! Bu borada Parus sizga yordam bera oladi. Chunki u yerda oilaning barcha a'zolariga ma'qul keladigan sharoitlar mavjud.

Masalan, majmuaning 2 va 3-qavatlari to‘liq o‘yin uskunalari bilan to‘ldirilgan va hech biri bolalarni befarq qoldirmaydi.

7 yoshgacha bo‘lgan bolakaylarni ikkinchi qavatda joylashgan maxsus bolalar maydonchasiga olib borishingiz mumkin! Bu hudud jajji mehmonlarning to‘liq egaligiga topshiriladi.

Kattalar ularga chetdan qarab turgan yoki maydoncha yonidagi Canella qahvaxonasida suhbat qurayotgan paytlarida, mittivoylar tajribali enagalar nazorati ostida turli o‘yinlarga berilishlari mumkin.

U yerda farzandlaringiz nafaqat xavfsiz arg‘imchoqlar, sharli basseyn, ulkan ikki pog‘onali labirint, havoli shar otish, balki, O‘zbekistondagi betakror va hozircha yagona, dukkakli donlar bilan to‘ldirilgan qumli maydonchada quvnashadi.

Bu maydoncha haqida ijobiy fikrlarni faqatgina ota-onalar emas, nevropatolog shifokorlardan ham bildirishmoqda. Ular ota-onalarga bolalarning yoshidan qat'iy nazar, mayda suyaklarning harakati uchun ushbu maydonchani qattiq tavsiya qilishadi. Chunki, bu bolaning asab hamda ruhiy tizimi shakllanishi hamda rivojlanishi uchun juda muhim hisoblanadi.

Farzandingizga biror o‘yinchoq sovg‘a qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shu qavatdagi Toys Land sizga yordamga keladi. Bu do‘konda juda ko‘p o‘yinchoqlar mavjud va farzandingizni rosa quvnatishi aniq.

Bundan tashqari, bolalar dam olishining eng nozik va muhim qismlaridan biri — ovqatlanish. Axir faol dam olish ishthaning ochilishiga sabab bo‘ladi-da!

Shuning uchun ham Parus’ning beshinchi qavatidagi ovqatlanish maydonchasida ajoyib taklif — bolalar menyusi mavjud!

Unda bolalar organizmining xususiyatlari hisobga olingan va kattalar iste'molidagi ba'zi mahsulotlar chiqarib tashlangan. Shuningdek, taom porsiyalari ham bolakaylar uchun moslashtirilgan hamda shu o‘rinda ularning narhi ham qisqartirilgan. Chunki, yosh bola kattalar yeydigan burgerni to‘liq yeya olmaydi. Ularga o‘ziga mos, kreativ — jajji idishlarda taomchalar taqdim qilinadi.

Uchinchi qavat esa ancha kattalar va mustaqil, qo‘rqmas bolalar uchun sozlangan! Bu yerdagi 7-16 yoshlilar uchun mo‘ljallangan dastur ham turli xillikda kam emas.

Attraktsionlar, avtodrom, o‘yin avtomatlari, eng yangi simulyatorlar: Bu yerda vaqt qanday o‘tganini hatto sezmay qolish hech gap emas.

To‘rtinchi qavat ovqatlanish maydonchasi bo‘lib, u yerda quyidagi tamaddixonalar faoliyat olib bormoqda:

  • Sumbula — milliy taomlar restorani;
  • La Marmite — turk taomlari oshxonasi;
  • Dayako Chicken — koreyscha sirli retsept asosida tayyorlangan sous bilan mazali jo‘jalar;
  • Chopar Pizza — shaharning eng yaxshi pitsaxonalaridan biri;
  • Barbeque Burger — haqiqiy burgerlar;
  • Samurai Sushi — yaponcha oshxona;
  • Retsept Schastya — desert va shirinliklar.

Parus Cinema kinoteatri ham shu qavatda ishlab turibdi. Kino ixlosmandlari bu yerda eng yangi o‘zbek va xorij filmlarini miriqib tomosha qilishlari mumkin. Mavjud uchta zalning ikkitasida jahon kinosi, bittasida esa o‘zbek kinolari namoyish etiladi.

Yangi filmlarni yuqori sifatda tomosha qilish uchun albatta tashrif buyuring. Namoyishlar vaqti, kinolar treyleri va ular haqidagi ma'lumotlar bilan esa paruscinema.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Beshinchi qavatda turli xil bayram-tantanalar, tadbirlar o‘tkaziladi. Kimningdir tug‘ilgan kunini nishonlash yoki biror yutuqni nishonlash uchun ko‘pchilik bo‘lib shu maskanda to‘plansa bo‘ladi. Buning uchun esa Parus ma'muriyati bilan aloqaga chiqish kerak.

Do‘stlar davrasida dam olishni xush ko‘ruvchi yigit-qizlar hamda katta yoshlilar uchun oltinchi qavatda joylashgan bouling maydonchasini tavsiya qilamiz. Bu yerda ko‘ngilli vaqt o‘tkazishingiz ta'minlanadi.

Maydoncha yonidagi mini-restoran esa siz bouling o‘ynayotgan vaqtingizda, boshqa qavatlardan taom keltirib berishi yoki shu qavatdagi Aroma Food Bar ichimliklari, shirinliklari-yu muzqaymoqlari tayyorlab qo‘yishi mumkin.

Parus — do‘stlar va oila davrasida vaqtni quvnoq o‘tkazish hamda dam olish uchun optimal joy!

Eslatib o‘tamiz, hozirda bolalar uchun mo‘ljallangan barcha attraksionlarimizga 20 foizlik chegirma ham berganmiz. Marhamat, tashrifingizni kutamiz:

  • Parus — ko‘ngilochar majmuasi barchani mehmonga chorlaydi! Marhamat, tashrif buyuring:

  • Manzil: Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 60 uy;
  • Mo‘ljal: «Novza» metro bekati, «Qatortol» savdo majmuasi;
  • Telefonlar: (+998-99) 855-00-77 va (+998-99) 858-88-02;
  • Veb-sayt: parus.uz
  • Facebook’dagi sahifa: @ParusOfficial

 Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid