Sport | 14:20 / 07.05.2017
38498
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston boks federatsiyasi Boks bo‘yicha Jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza topshiradigan bo‘lsa, uning murojaati ijobiy tomondan ko‘rib chiqilishi mumkin. AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekiston bu kabi musobaqani o‘tkazish xohishini bildirsa, uning arizasi tashkilotga a'zo ko‘pchilik davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin”. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, O‘zbekiston tomoni bu kabi musobaqalarni o‘ta yuqori darajada o‘tkaza olishini 29-Osiyo chempionati davomida yana bir bor isbotladi.  

Bugun 7 may kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati poyoniga yetishi munosabati bilan AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu, ASBC prezidenti Serik Qo‘naqbayev hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi vakili Malik Babayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu mazkur musobaqaning yuqori saviyada o‘tkazilgani bilan O‘zbekiston boks federatsiyasiga va barcha mas'ullarga minnatdorchilik bildirar ekan, o‘zbek bokschilari ko‘rsatayotgan yuqori natijadan faqat xursand bo‘lishini ta'kidladi. U bugungi final janglarini o‘tkazadigan barcha sportchilarga omad tilab, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschilarga omad tiladi. 

ASBC prezidenti Serik Qo‘naqbayev ham Osiyo miqyosidagi chempionat ajoyib o‘tkazilganini ta'kidladi. U JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha bokschilarga Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tajak jahon birinchiligida qit'a sharafini munosib himoya qilishlariga tilak bildirdi. 

Mavzuga oid