Jahon | 15:27 / 08.05.2017
8397
1 daqiqa o‘qiladi
Olland Makronga vakolatlarni qachon topshirishi aytildi
Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Ollandning ma'lum qilishicha, saylangan prezident, “Olg‘a” harakati yetakchisi Emmanuel Makronga o‘z vakolatlarini yakshanba 14 may kuni topshiradi. Bu haqda Figaro gazetasi ma'lum qilgan.
Ollandning mandati 14 may kuni o‘z yakuniga yetadi.
Fransiyada yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat IIV ma'lumotiga ko‘ra, Makron 66,1 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozondi. Saylovchilarning 20,7 millioni o‘z ovozini Makronga bergan. “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen esa 10,6 milliondan ortiqroq ovoz oldi (33,9 foiz).
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024