O‘zbekiston | 21:00 / 15.05.2017
75805
2 daqiqa o‘qiladi

Vodiyda ishchi guruh tekshiruvi. Tumanlar rahbarlari ishdan olinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona vodiysida bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh hududlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi vaziyatni o‘rganib, kamchiliklarni aniqlamoqda.

Namangan viloyati hokimiyatining «Kun» nashriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2012 yildan buyon Norin tumani hokimi bo‘lib kelgan Sultonov A'zamjon Maxmudovich ishdan olingan. U bilan birgalikda tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketgan.

Xuddi shunday kamchiliklar Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida hamda Andijon viloyati Izboskan tumanida qayd etilgan. Yakunda bu tumanlarda ham «to‘rtlik»lar ishdan ketishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda Yozyovon tumani hokimi Sodiqjon Samatovich Toshpo‘latov hisoblanadi. Izboskan tumaniga esa Ulug‘bek Odashevich Rahimov rahbarlik qilmoqda.

Mavzuga oid