Jahon | 20:10 / 17.05.2017
37686
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva shahar sudi Shohista Karimovani hibsda qoldirishga qaror qildi

Foto: TASS

Moskva shahar sudi Sankt-Peterburgdagi portlashga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olingan o‘zbekistonlik Shohista Karimovani hibsda qoldirish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda TASS muxbiri xabar berdi.

Bu orqali himoya tomoni shikoyati rad etilgan.

Karimova sudda o‘zining terakt tashkilotchiligiga aloqador emasligini aytgan, sumkasidan topilgan qurol esa unga tashlab qo‘yilganini ro‘kach qilgan.

"Men terrorizmga hech qanaqasiga aloqador emasman, men kafeda ishlaganman. Meni boshqa odam o‘rniga ayblashmoqda", deya ma'lum qilgan u.

Prokuratura vakilining qayd etishicha, tergov Karimovani jinoyatga aloqador deb topgan.

"Men hisoblaymanki, Karimovaning hibsda turishi ishni tekshirishda tergov manfaatlariga xizmat qiladi", - degan sud ishida prokuror.

3 aprel kuni metroning "Sennaya ploshchad" va "Texnologicheskiy institut-2" bekatlari oralig‘ida harakatlangan poyezd vagonida portlash sodir bo‘lib, 14 kishi halok bo‘ldi.

Peterburg terakti ishi bo‘yicha o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi

Shohista Karimova shu ishga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan 10 kishidan biridir.

6 aprel kuni Rossiya tergov qo‘mitasi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilib sakkiz kishini: Sayfulla Hakimov, Ibrohimjon Ermatov, Dilmurod Mo‘ydinov, Bahrom Ergashev, A'zamjon Mahmudov, Mahamadyusuf Mirzaalimov, Shohista Karimova va Sodiq Ortiqovni qo‘lga olgan edi.

8 aprel kuni Basman sudi Karimovani 3 iyunga qadar hibsga olish bo‘yicha hukm chiqargandi.

Mavzuga oid