Sport | 14:47 / 22.05.2017
9062
1 daqiqa o‘qiladi

«Fenerbahche» Yevroliga g‘olibi bo‘ldi

Foto: Anadolu

19-21 may kunlari Istanbuldagi Sinan Erdem nomidagi sport majmuasida Yevroliganing «to‘rtlik finali» o‘tkazildi.

Uning ishtirokchilari: amaldagi chempion Moskvaning TsSKA jamoasi, shuningdek «Real Madrid», Afinaning «Olimpiakos» hamda Istanbulning«Fenerbahche» jamoalari bo‘lishdi.

21 may oqshomida «Fenerbahche» va «Olimpiakos» jamoalari final bahsida maydonga tushishdi.

Yakunda turkiyalik basketbolchilar 80-64 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, «Fenerbahche» o‘z tarixida yettinchi marta Yevropada tengsiz bo‘ldi.

Mavzuga oid