Jamiyat | 02:25 / 23.05.2017
15608
3 daqiqa o‘qiladi

Qarshida avtobus haydayotib, narkotik modda sotib kelgan haydovchi fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Yaqinda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati. 

Aniqlanishicha, 50 yoshni qarshilagan Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Raximov (huquqbuzarlarning ismi va sharifi o‘zgartirilgan) giyohvandlik vositasini sotishda o‘ziga xos yo‘ldan foydalangan. U Qarshi shahridagi yo‘nalishdagi avtobuslardan birini boshqarish bilan birga, ish jarayonida yo‘l-yo‘lakay “mijoz”lariga giyohvandlik vositalarini sotish bilan ham shug‘ullanib, guyoki “bir o‘q bilan ikki qo‘yonni urdi” qabilida ish yuritgan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida, Q.Raximovning yashash xonadonidan xammom tomi va devor ustiga hufyona tarzda qog‘ozlarga o‘ralgan holdagi hamda o‘n ikki dona gugurt qutilariga solingan, shuningdek hovlidagi isitish tizimi xonasining yashirin joylariga 2 gazetalarga o‘ralgan holda hufyona joylashtirilgan 153,2 grammdan iborat bo‘lgan giyohvandlik moddasi aniqlandi.

Shuningdek, tadbirda uning doimiy mijozi bo‘lgan fuqaro S.Qo‘ldoshevning egnidagi kiyimining cho‘ntaklaridan uch dona gugurt qutilariga joylashtirilgan va bir dona ming so‘mlik kupyuraga o‘ralgan holdagi hamda uning yashash xonadonidan ikki dona qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan og‘irligi 9 grammdan iborat giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Viloyat IIB EKBning ekspert xulosalariga ko‘ra, fuqarolar Q.Raximov hamda S.Qo‘ldoshevlardan ashyoviy dalil sifatida olingan giyohvandlik vositalari marixuana giyohvandlik moddasi ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid