Fan-texnika | 14:13 / 29.05.2017
11267
2 daqiqa o‘qiladi

BMW kelajak skuterini namoyish qildi

Germaniyaning BMW kompaniyasi Villa d'Este ko‘rgazmasida Concept Link kelajak elektr skuterlarini— futuristik dizaynda namoyish etdi. Unda priborlar paneli o‘rniga proyektorni va boshqa ko‘plab yangiliklarni ko‘rish mumkin. 

Kelajakka nigoh

Birinchi galda BMW Concept Link kelajak skuterlarini qanday tasavvur qilishini namoyish etgan. Shu sababli, uning texnik tafslotlari kam. 

Skuter elektromotorda ishlaydi — u orqa g‘ildirak oldiga o‘rnatiladi. Korpusning quyi qismida akkumulyator joylashadi, uning ustida yukxona bo‘limi bo‘ladi. Yukxonani qo‘lni ustidan o‘tkazish bilan ochish mumkin. Bundan tashqari, ushbu skuter orqaga ham harakatlana oladi, deb xabar qilmoqda TechCrunch.

Concept Link kontseptida odatdagi priborlar paneli ko‘zga tashlanmaydi, barcha ma'lumotlar proyeksiyali sensor panelda aks etadi. Skuter funksiyalarini boshqarish uchun rulda sensorli tugmachalar bor. 

BMW Concept Link – bu hozircha kontsept. Shu boisdan ham, kelgusida bunday harakatlanish vositalari paydo bo‘lishi noma'lum. 

 

Mavzuga oid