Jamiyat | 14:07 / 31.05.2017
7981
1 daqiqa o‘qiladi

Chak Norris Fiat elchisi bo‘ldi

Foto: motor.ru

Italiya mashhur avtomobilsozlik kompaniyasining tijorat avtomobillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Fiat Professional sho‘'basi amerikalik kinoaktyor Chak Norrisni brendning yangi elchisi sifatida tanladi. 77 yoshli aktyor savdo belgisining kelasi oydan boshlanadigan turli anjumanlari va reklama kampaniyalarida ishtirok etadi. 

Sho‘'ba korxonasi so‘zlariga ko‘ra, Chak Norris obrazi Fiat tijorat avtomobillariga ham uyg‘unlik taraflari ko‘p: «maqsad sari harakat, ishonchlilik, professionallik va foydalanishga qulaylik».

Bundan tashqari, aktyor ijtimoiy tarmoqlarda mashhurligi sababli ham kompaniya elchiligiga tanlangan. Masalan, uning Facebook sahifasiga 6,5 million kishi a'zo. 

Mavzuga oid