Jamiyat | 13:48 / 31.05.2017
8039
2 daqiqa o‘qiladi

Kosmosda Barents dengiziga tegishli bakteriyalar topildi

Foto: b-port

Yer sathidan 400 km balandlikda parvoz qilayotgan xalqaro kosmik stansiya orbitasida kosmosning noqulay omillariga chidamli mikroorganizmlarning sporalari va DNKsi parchalari topilgan. 2010 yildan 2016 yilga qadar o‘tkazilgan tajribalar Yer biosferasining yuqori chegarasi balandligi boshqattan o‘rnatilishi zaruriyatini keltirib chiqarmoqda, deyishmoqda «Roskosmos»dagilar.

«Test» kosmik sinovi doirasida fazogirlar ochiq koinotga chiqishgan vaqtida XKS sirtidan 19ta kosmik chang namunasini yig‘ib olishgan. Yuqori sezuvchan molekulyar usullar, 70 foiz holatda nafaqat turli mikroorganzmlarning DNK genomlari qismlarini, shuningdek, ularning turini ham aniqlash imkonini berdi. Masalan, turli yillardagi tajribalarda Barents dengizida yashovchi bakterioplankton, ekstremofil bakteriya, Madagaskar oroli tuproqlari namunasida uchratilgan bakteriyalar, o‘simlik genomlari, arxibakteriyalar va turli zamburug‘lar DNKlari topilgan.

Natijada, XKS sirtiga ingan namunalarning kimyoviy tarkibi haqidagi tajriba ma'lumotlari Yer sirtidan 400 km balandlikdagi kosmik changlarning geokimyoviy tarkibi va ularning kelib chiqish manbasi haqida xulosa chiqarish imkonini berishi ma'lum bo‘ldi. Olimlarning fikricha, bu tirik organizmlarning tashqi troposferik manbasi haqidagi farazni isbotlaydi va aerozol moddalarning troposferadan ionosfera balandliklariga olib chiqish imkoniyati mavjudligini tasdiqlaydi.

Tajriba natijalari, shuningdek, kosmik apparatlarni sayyoralararo parvoz chog‘ida himoya qilish va sayyoralaroldi stansiyalarni barpo etishni loyihalashtirishdek istiqbolli masalalarni yechish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Mavzuga oid