Trampning «Twitter»dagi obunachilaridan deyarli yarmi botlar ekani ma'lum bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Trampning «Twitter»dagi 31 milliondan oshiq obunachisidan 15,1 millioni — botlar ekan, deya xabar beriladi Twitter Audit Report hisobotida.
Ushbu resurs u yoki bu profilning «Twitter» ijtimoiy tarmog‘idagi haqiqiy obunachilari sonini hisoblab beradi, deya izohlaydi TASS.
Hisobotda ko‘rinishicha, Trampning «Twitter»dagi sahifasini muntazam kuzatib borayotgan 15,1 million obunachi (49 foiz!) inson emas — ular bo‘sh, biror yozuv va fotosuratlarsiz soxta akkauntlar, deb yozadi «New York Daily News».
Nashrning qayd etishicha, so‘nggi dam olish kunlari obunachilarning soni kutilmaganda birdaniga 3 million kishiga oshgan. Nashr shuningdek, AQShning avvalgi prezidenti Barak Obamaning «Twitter»da 89 million obunachisi bo‘lgani va ularning 79 foizi real insonlar ekanini qayd etib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp «Twitter»dan siyosiy kurashlarda faol foydalanadi, chunki u ijtimoiy tarmoqni respublikachi siyosatchiga dushmanona munosabatda bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini chetlab o‘tib, Amerika xalqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish vositasi deb biladi.
Saylovda g‘alaba qozongach, Tramp «Twitter»da AQSh prezidentining rasmiy akkaunti — Barak Obama ishlatgan @POTUS dan foydalanishni rad etib, o‘zining @realdonaldtrump akkauntida tvitlar yozib kelmoqda.
Jumladan, bugun ertalab u «coverage» so‘zini «covfefe» sifatida xato yozib yuborib, o‘sha so‘zning mem sifatida jahon trendlari ro‘yxatiga chiqishiga sabab bo‘ldi
Mavzuga oid
18:22
Daniya Tramp bayonotidan keyin Grenlandiya mudofaasi xarajatlarini oshirdi
16:18 / 24.12.2024
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
09:53 / 24.12.2024
Grenlandiya bosh vaziri Trampning orolni AQShga sotish g‘oyasini rad etdi
19:00 / 23.12.2024