Jahon | 15:00 / 11.06.2017
59208
3 daqiqa o‘qiladi

Yana videobloger Alisher Usmonov haqida...

Bu safar ijtimoiy tarmoqlardagi juda mashhur akkauntlar egalaridan milliarder Alisher Usmonov va Navalniy o‘rtasidagi bahs borasida o‘z nuqtai nazarlari bilan bo‘lishish so‘raldi. Ularning Instagram'dagi akkauntining o‘zidayoq umumiy hisobda 5,9 million folloveri bor. 

Prodyuser va ishbilarmon Yana Rudkovskaya bu so‘nggi vaqtlarda eng katta muhokamaga sabab bo‘layotgan mavzu degan fikr bildirdi. "Alisher Burhonovich tez orada rus milliy qahramoniga aylanadi. Men Navalniy tomonda emasman. Men tanigan odamlarning aksariyati Alisher Burhonovich tarafdori. Unga birovdan hech narsa kerak emas. Uning o‘zi boshqalarga ish bera oladi".

"Bilasizmi, u yerda Alisher Usmonov va Navalniy o‘rtasida uslubiy bahs ketmoqda. Unda Usmonov hujjatlarga, Navalniy esa yangi texnologiyalarga asoslanmoqda. Bu jihatdan, albatta, Usmonovning pozitsiyasi bo‘shroq. U qiziqroq montajchilarni ishga yollashi yoki o‘zi hech bo‘lmaganda iMove dasturini o‘zlashtirishi kerak", - deydi 2 milliondan ziyod folloverga ega Sergey Shnurov. 

Nika Belotserkovskaya: "Men tajribali bloger sifatida unga yaxshi grimyor, stilist olishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Alekseyni qarang, nutqi rivojlangan, kadrda o‘zini qanday tutishni biladi va umuman bloger-qiz sifatida boshqa avlod vakillari bilan bahsga kirishmaslikni maslahat qilgan bo‘lardim. Bundan ma'no yo‘q". 

Arkadiy Novikov (restorator): "Usmonovga hech qanday maslahat kerakmas. U juda aqlli kishi, nima deyishni yaxshi biladi. Uning bu borada jiddiy rejasi borligini tushunaman. Ehtimol, qandaydir strategiyasi bordir. Agar uning aytayotganlari rost bo‘lib chiqsa, men bunga shubha ham qilmayman, zero Alisher Burhonovich hech qachon aldamaydi, u yutib chiqadi, albatta". 

W1 Partners hammuassisi Yan Yanovskiy bu bahs unga juda yoqayotgani hamda uni kuzatib borayotganini aytgan. "Hozirgina sirk spektaklida bo‘ldim, u yerda "tfu senga" so‘zlari bor ekan, butun zal blogdagi bahsni eslab kula boshladi.

Uvenco rahbari Boris Belotserkovskiy: "Bu Alisher Burhonovich tomonidan tashlangan dadil qadam. U har holda nimadir qilishga harakat qildi".

Andrey Malaxov: "Afftar jjot-2017"ga uni ekspert sifatida taklif qilsak bo‘ladi, deb o‘ylayman. U taklifimizni qabul qiladimi yoki yo‘q, vaqt masalasi qanday ekanini bilmadimu, lekin biz unga taklifnoma yo‘llaymiz".

Mavzuga oid