Jahon | 20:31 / 12.06.2017
5981
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing yangi tajribaviy kosmik samolyotini ishlab chiqarishga kirishdi 

Uchuvchi qurilmalarni ishlab chiqarishi bilan nom qozongan Boeing kompaniyasi koinotni o‘zlashtirishga bag‘ishlangan XS-1 dasturi doirasida DARPA agentligi bilan hamkorlikda Phantom Express nomli kosmik samolyot yaratishga kirishdi. Hi-News shu haqda xabar berdi. 

Yangi uchar qurilma 1360 kilogrammgacha bo‘lgan foydali yukni kosmosga yetkaza oluvchi, harbiy maqsadlarda qo‘llanuvchi ilk ko‘p martali apparat bo‘ladi. Bundan tashqari, Phantom Express har 10 kunda 1 marta muntazam parvozlarni amalga oshirishga qodir, qurilma xizmati bahosi esa taxminan 5 million dollarni tashkil qiladi - bu hozirgi narxlarga nisbatan ancha arzondir.

Boeing kompaniyasi XS-1 dasturi doirasida Phantom Express tayyor konstruksiyasiga qo‘shimcha ishlov berishi, shuningdek tajribaviy namunasini tayyorlashi va 2019 yilda uni sinovdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Dasturning keyingi bosqichlarida Phantom Express'ning tezligi asta-sekin oshirib boriladi. Uni vertikal holatdan ishga tushirish rejalashtirilgan. Phantom Express suyuq kislorod va vodorodda ishlovchi dvigatel bilan ta'minlangan. XS-1 dasturi rahbarlari bu borada shunday deyishdi:

"Phantom Express odatiy tushunchadagi samolyot va raketa-tashuvchi emas. Bu ko‘proq gibrid. Bu uchuvchi apparatni yaratishdan maqsad - bir uchuvchi qurilmani ishga tushirish qiymatini o‘n karra pasaytirish va ularni ishga tushirishdagi vaqt oralig‘ini minimallashtirish. Dasturning birinchi bosqichida Boeing kompaniyasi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi, shuning uchun u tajriba namunasini tayyorlash va uni ishga tushirishni ko‘zda tutuvchi ikkinchi hamda uchinchi bosqichlarni amalga oshiruvchi pudratchi sifatida tanlandi".

 

Mavzuga oid