Baxtli yakun. Taksichi chililik jurnalistga pullarini qaytardi
Chililik jurnalistdan aeroportdan mehmonxonagacha bo‘lgan masofa uchun 50 ming rubl (900 dollar) undirgan moskvalik taksichi unga pullarini qaytarib bergan. Bu haqda IIVning Moskva bo‘limi xabar qildi.
Bundan oldinroq politsiya ushbu haydovchini firibgarlikda ayblab, qo‘lga olgandi.
«Chili Respublikasi fuqarosi Diyego Gaspar Sayez Mirandega Domodedovo aeroportidan mehmonxonagacha yo‘l uchun yo‘l kira sifatida olingan 50 000 rubl qaytarib berildi. qo‘lga olingan haydovchi janubiy amerikalik mehmondan uzr so‘radi», — deyilgan xabarda.
Haydovchi tergov vaqtida qo‘li bilan 5 raqamini ko‘rsatgani, u bergan pullarni esa choychaqa deb o‘ylaganini aytgan. U mehmondan uzr so‘rab, uni Moskva bo‘ylab tekinga aylantirishga roziligi haqida aytgan.
Moskvada taksichi aeroportdan mehmonxonagacha yo‘l uchun chililik jurnalistdan 900 dollar undirdi
Mavzuga oid
10:10
Zomin aeroporti 27 dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi
18:24 / 25.12.2024
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024