Marin Le Pen ilk marotaba Fransiya parlamentiga deputat etib saylandi
“Milliy front” yetakchisi Marin Le Pen Fransiya parlamenti quyi palatasiga saylovlar natijalariga ko‘ra, ilk marotaba bu palata tarkibiga kirdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Fransiya qonunlariga ko‘ra, Marin Le Pen endi Yevropa parlamentidagi mandatidan voz kechishi kerak, chunki bu ikki vakolatni birgalikda olib borib bo‘lmaydi.
Mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan Enen-Bomon shahridagi o‘zining saylov okrugida “Milliy front” yetakchisi 58,75 foiz ovoz to‘plagan.
BFMTV telekanali efirida yangragan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, “Milliy front» Milliy yig‘ilishda 4 tadan 6 tagacha mandat olishi mumkin. Bu esa Le Pen tarafdorlariga quyi palatada o‘z fraksiyasini yaratishga imkon bermaydi, chunki buning uchun kamida 15 o‘rin zarur.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024